Bizning shiddatli jamoamiz!

Teatr tarixi haqida...

Teatr jamoasi 1978-yil 1-sentabr kuni Samarqanddagi Hamid Olimjon nomidagi o‘zbek davlat drama teatri binosida G‘ayratiyning “Ali Kichkina” asari asosida tayyorlangan spektakl bilan o‘z ijodiy faoliyatini boshladi. Teatr tashkil qilingan davrda moslashtirilgan binoda ish boshlanib, 1992-yilda Hamid Olimjon nomidagi o‘zbek drama teatri binosiga ko‘chirtirildi. Bu bino 1895-yilda “Zdaniya obshestvennogo sobraniya” maqsadida arxitektor G.M.Svarivichevskiy loyihasi asosida qurilgan. Teatr binosi 1895-yilda qurilgan bo‘lib, tarixiy yodgorlik binolar qatorida davlat ruyxatida turadi. Teatr 1978-yildan Samarqand davlat qo‘g‘irchoq teatri deb yuritila boshlandi. Teatrga 2000-yilda Respublika va Samarqand viloyat teatr sanʼati rivojiga hissa qo‘shgan sanʼatkor, O‘zbekiston xalq artisti Asror Jo‘rayev nomi berildi.



Samarqand viloyat qo'g'irchoq teatri

Jo‘rayev Asror (1911.22.11 — Samarqand — 1983.28.11) — rejissyor va aktyor. O’zbekiston xalq artisti (1950). Maxsus rejissyorlik kursini tugatgan (Moskva, 1939, 1948). Ijodiy faoliyatini «ko‘k ko‘ylak» havaskorlik truppasida boshlagan. 1930 yildan Samarqand teatrida aktyor, 1933 yildan rejissyor (1940— 44, 1948-57 bosh rejissyor). 1964 yildan Samarqand opera va balet teatrida rejissyor. Aktyor sifatida O‘lmas («Yondiramiz»), Egor («oila») kabi obrazlarni yaratgan. Eng yaxshi spektakllari: «Davron ota», «hamshahar yigit», «Nurxon», «Alisher Navoiy», «Shohi so’zana», «Sepsiz qiz», «Nodira» va boshqalar. Shuningdek, «Dilerom» (M. Ashrafiy), «Tohir va Zuhra» (T. Jalilov), «Maysaraning ishi» (S. Yudakov), «Farhod va Shirin» (V. Uspenskiy, G. Mushel) kabi operalarni sahnalashtirgan. Jizzax, Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrlari, Kattaqo‘rg‘on drama teatri sahnalarida ham spektakllar qo‘ygan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2016-yil 29-iyuldagi 246-sonli qaroriga muvofiq Asror Jo‘rayev nomidagi Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatridan Asror Jo‘rayev nomi olib tashlandi va Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri deb yuritila boshladi.
Teatr jamoasi 1987 yildan buyon Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarining anʼanaviy festivallarida ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Teatr ijodiy jamoasi 2018- yil O‘zbekiston qo‘g‘irchoq teatrlarining anʼanaviy XI ko‘rik festivalida mualliflar Shaodat Usmonova hamda Durdona O‘roqova, rejissyor Shaodat Usmonova tomonidan sahnalashtirilgan “Sehrli tabib” tarixiy ertak spektakli bilan qatnashib faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. 2019 yilning mart oyida Turkiyaning Mersin shahrida bo‘lib o‘tgan teatr kunlarida “Ulug‘bek yulduzi” nomli spektakli bilan ishtirok etgan. Shu bilan birga Rossiyaning Moskva, Leningrad, Orenburg, Krasnodarskiy kray shaharlarida ham ijodiy safarlarda bo‘lgan.
2002-yil Janubiy Koreyada o‘tkazilgan fudbol bo‘yicha jahon chempionatiga bag‘ishlab YUNESKO tomonidan tashkil etilgan «Deyjon qo‘g‘irchoq teatri va ko‘cha ijrochiligi» festivalida «Hoji tam-tam hangomasi» spektakli bilan qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan.
Samarqand viloyat qo'g'irchoq teatri
Samarqand viloyat qo'g'irchoq teatri
Bugungi kunga qadar teatr tomonidan xalqaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida 2023-yil 10-fevral kuni teatri direktori Feruzbek Abdurayimov “Qozogʻiston Respublikasi Chimkent shahri qo‘g‘irchoq va yosh tomoshabinlar teatr”i direktori Samat Altayev bilan ikki davlat madaniy aloqalarini mustahkamlash maqsadida memoranduz imzolandi.
Samarqand viloyat qo'g'irchoq teatri
2023-yil 24-mart kuni “Turkiya Respublikasi Istanbul soya teatri”ning direktori Cengiz Òzek Samarqandga ijodiy tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida teatr direktori Feruzbek Abdurayimov tomonidan ikki davlat madaniy aloqalarni rivojlantirish, teatrlar o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro memorandum imzolandi.
Samarqand viloyat qo'g'irchoq teatri
2023-yil 25-iyun kuni teatri direktori Feruzbek Abdurayimov va Ozarbayjon Respublikasi Ganja shaxri “Ganja” qo‘g‘irchoq teatri direktori Fermail Pasaev bilan ijodiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish maqsadida Memorandum imzolandi.

Samarqand viloyat qo'g'irchoq teatri
2023-yil 15-iyul kuni Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahri Resbuplika davlat qo‘g‘irchoq teatri” direktori Safarzoda Izatullo Amirali bilan madaniyat, jumladan, qo‘g‘irchoq teatri sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Samarqand viloyat qo'g'irchoq teatri
2023-yil 6-sentabr kuni Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri va “Rossiya Federatsiyasi S.V.Obrazsov” nomidagi davlat akademik qo‘g‘irchoq teatri o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumning asosiy maqsadi tomonlar o‘rtasida turli madaniy aloqalarni yaratish va mustahkamlash, jumladan, teatr san'atida hamkorlik qilish, qo‘shma spektakllar yaratish, ikki teatr o‘rtasida gastrol safarlarini tashkil etish, dramaturglar, rejissyorlar, rassomlar, aktyorlar mahoratini oshirish bo'yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan iborat.

Samarqand viloyat qo'g'irchoq teatri
2024-yil 16-may kuni Qirg'iziston Respublikasi Nodirbek Shamurzayev nomidagi O‘sh viloyat qo‘g‘irchoq teatri direktori Zamirbey Rayimbekov va Samarqand viloyati qo’g’irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo’yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo'yildi.
2024-yil 25-sentabr kuni Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov va Moʻgʻuliston davlat qo'g'irchoq teatri direktori Bayanzul Zagarjav tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo’yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo'yildi.
2024-yil 25-sentabr kuni Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov va Meksika "Mil Restros" teatri direktori Fernando Gurrola tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha o‘zaro memorandum imzolandi.
Samarqand viloyat qo'g'irchoq teatri
2024-yil 6-sentabr kuni Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov hamda Novasibirsk viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori Gorlatyx Yuriy tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo’yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo'yildi.
Samarqand viloyat qo'g'irchoq teatri
Samarqand viloyat qo'g'irchoq teatri
Samarqand viloyat qo'g'irchoq teatri
Bizning faoliyatimiz raqamlarda...
46 years
Teatrimiz 1978-yildan buyon teatri sifatida faoliyat yuritib kelamiz.
26 ta Spektakl
2025-yilning harakatdagi spektakllar soni
20+ San'atkor
Hozirgi vaqtda teatrimizda 20 dan ortiq aktyor va aktrisalardan tashkil topgan
Made on
Tilda