Hamkorlik memorandumlari
YANGI MEMORANDUM IMZOLANDI. MUSTAHKAM HAMKORLIK IKKALA TOMON MANFAATLARI ASOSIGA QURILADI.

Ayni damda Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri maʼmuriyati mehmon sifatida ishtirok etgan S.V.Obrasov nomidagi davlat akademik qoʻgʻirchoq teatrida boʻlib oʻtayotgan "ИСТОКИ" festivali ham yakunlanmoqda.


Ushbu festival mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov va Meksika "Mil Restros" teatri direktori Fernando Gurrola tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha o‘zaro memorandum imzolandi.


26.09.2024-yil

YANGI MEMORANDUM IMZOLANDI. MUSTAHKAM HAMKORLIK IKKALA TOMON MANFAATLARI ASOSIGA QURILADI.
Ayni damda Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri maʼmuriyati S.V.Obrazov nomidagi davlat akademik qoʻgʻirchoq teatrida boʻlib oʻtayotgan "ИСТОКИ" festivalida mehmon sifatida ishtirok etmoqda.

Ushbu festival mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-iyundagi Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan boʻlib oʻtgan muzokaralari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov va Moʻgʻuliston davlat qo'g'irchoq teatri direktori Bayanzul Zagarjav tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish  bo’yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo'yildi.

26.09.2024-yil

YANGI MEMORANDUM IMZOLANDI. MUSTAHKAM HAMKORLIK IKKALA TOMON MANFAATLARI ASOSIGA QURILADI.
 Bugun ilk bora Novasibirsk viloyati qoʻgʻirchoq teatri jamoasi Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatriga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori hamda "Madaniyat  va san'at sohasini yanada rivojlantirish to'g'risida"gi 2022-yil 02-fevraldagi PQ 112-son qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov hamda Novasibirsk viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori Gorlatyx Yuriy tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish  bo’yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo'yildi.

06.09.2024-yil

YANGI MEMORANDUM IMZOLANDI. MUSTAHKAM HAMKORLIK IKKALA TOMON MANFAATLARI ASOSIGA QURILADI.
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-sonli, 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli hamda "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish to'g'risida"gi 2022-yil 02-fevraldagi PQ 112-son qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov ikki davlat madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun Qirg'iziston Respublikasi O‘sh shahri O‘sh viloyati qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Qirg'iziston Respublikasi O‘sh viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Nodir Shomurzaev va Samarqand viloyati qo’g’irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo’yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo'yildi.

16.05.2024-yil

YANGI MEMORANDUM IMZOLANDI. MUSTAHKAM HAMKORLIK IKKALA TOMON MANFAATLARI ASOSIGA QURILADI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-sonli, 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli hamda "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish to'g'risida"gi 2022-yil 02-fevraldagi PQ 112-son qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov hamda Rossiya Federatsiyasi S.V.Obrazsova nomidagi davlat akademik qo‘g‘irchoq teatri direktori Yelena Bulukova tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha o‘zaro memorandum imzolandi.

Memorandumning asosiy maqsadi tomonlar o‘rtasida turli madaniy aloqalarni yaratish va mustahkamlash, jumladan, teatr san'atida hamkorlik qilish, qo‘shma spektakllar yaratish, ikki teatr o‘rtasida gastrol safarlarini tashkil etish, dramaturglar, rejissyorlar, rassomlar, aktyorlar mahoratini oshirish bo'yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ular uchun zarur shart sharoitlarni yaratishdan iborat.

06.09.2023-yil

YANGI MEMORANDUM IMZOLANDI. MUSTAHKAM HAMKORLIK IKKALA TOMON MANFAATLARI ASOSIGA QURILADI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-sonli, 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli hamda “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 2022-yil 02-fevraldagi PQ 112-son qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida teatri direktori Feruzbek Abdurayimov ikki davlat madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahri Resbuplika davlat qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahri Respublika davlat qo‘g‘irchoq teatri direktori Safarzoda Izatullo Amirali va Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov tomonidan madaniyat, jumladan, qo‘g‘irchoq teatri sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

15.07.2023-yil

YANGI MEMORANDUM IMZOLANDI. MUSTAHKAM HAMKORLIK IKKALA TOMON MANFAATLARI ASOSIGA QURILADI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-sonli, 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli hamda “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 2022-yil 02-fevraldagi PQ 112-son qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori
Feruzbek Abdurayimov ikki davlat madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Ozarbayjon Respublikasi Ganja shahri Ganja davlat qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Ozarbayjon Respublikasi Ganja shahri “Ganja” qo‘g‘irchoq teatri direktori Farmail Pashaev va Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro memorandum imzolandi.

25.06.2023-yil

YANGI MEMORANDUM IMZOLANDI. MUSTAHKAM HAMKORLIK IKKALA TOMON MANFAATLARI ASOSIGA QURILADI.
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatriga Turkiya Respublikasining Samarqanddagi Bosh konsulxonasi bosh konsuli Salih Caner va ilk bora Turkiya Respublikasi Istanbul soya teatrining direktori Cengiz Òzek Samarqandga ijodiy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Istanbul soya teatri direktori Cengiz Òzek va Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov tomonidan ikki davlat madaniy aloqalarni rivojlantirish, teatrlar o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro memorandum imzolandi. 
Jumladan, dramaturglar, rejissyorlar, rassomlar, aktyorlar xizmati va tajribalarini almashish, yuqori saviyali sahna asarlarini hamkorlikda yaratish, shuningdek taniqli ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish, xalqaro festivallarda ishtirok etish, gastrollar tashkil etishda hamkorlikni amalga oshirish memorandumning asosini tashkil etadi.
Shu bilan bir qatorda kelajakda ikki davlat teatrlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib olindi.

24.03.2023-yil

Qozogʻiston Respublikasi Chimkent shahri qo‘g‘irchoq va yosh tomoshabinlar teatri bilan hamkorlik va do‘stlik Memorandumi imzolandi!
Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov ikki davlat madaniy aloqalarini mustahkamlash maqsadida Qozogʻiston Respublikasi Chimkent shahri qo‘g‘irchoq va yosh tomoshabinlar teatriga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ikki davlat teatrlari o‘rtasida madaniy aloqalarni rivojlantirish, teatrlar o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo’yicha o‘zaro memorandum imzolandi. Jumladan,dramaturglar, rejissyorlar, rassomlar, aktyorlar xizmati va tajribalarini almashish, yuqori saviyali sahna asarlarini hamkorlikda yaratish, shuningdek taniqli ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish, xalqaro festivallarda ishtirok etish, gastrollar tashkil etishda hamkorlikni amalga oshirish memorandumning asosini tashkil etadi.

10.02.2023-yil

Made on
Tilda