Chet-el gastrollari
Qirg'izistonga gastrol safarimiz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 02-fevraldagi 112-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori 2-bob 7-bandining ijrosini ta‘minlash maqsadida Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi o‘zining gastrol safari bilan Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahriga tashrif buyurdi. O‘sh viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomonidan Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi yuqori kayfiyatda kutib olindi hamda teatr jamoasi Qirg‘izistondagi diqqatga sazovor manzillarda bo‘lishdi. Tashrif davomida teatrning ijodiy jamoasi tomonidan Qirg‘izistonlik bolajonlar uchun “MATONATLI YURAK” deb nomlangan qiziqarli spektakl namoyish etildi.
Shuningdek,  ikki davlat madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Nodir Shomurzaev va Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov tomonidan madaniyat jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Made on
Tilda