Vazirlar Mahkamasining “2018 — 2022-yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 5-yanvardagi 9-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom
1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini baholash, toifalari (guruhlari)ni belgilash hamda rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom
2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 423-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/423/0654-son)Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining bilet narxlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom
3-ilovaga muvofiq;
Davlat teatrlarida sahnalashtiriladigan sahna asarlarini yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom
4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
milliy istiqlol g‘oyalariga hamohang, badiiy jihatdan yuksak, xalqchil sahna asarlarini sahnalashtirish, tomosha va konsert dasturlarini yaratish;
xalqimiz, ayniqsa, yoshlar qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, ularni ona Vatanga muhabbat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib sahna asarlari, tomoshalar va konsert dasturlari bilan hissa qo‘shib borish;
aholining turmush madaniyatini oshirish, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar, milliy bayramlarni tiklash hamda davom ettirishda ko‘maklashish;
teatr va tomosha san’atini keng targ‘ib etish maqsadida mamlakatimiz va xorijiy muassasalar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish;
teatr va tomosha san’ati oldiga qo‘yilgan vazifalarni samarali tashkil etish uchun xodimlarning malakasini oshirish choralarini ko‘rish, ularni ma’naviy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, tashabbuskorlikni rag‘batlantirishning samarali usullarini joriy etish;
ko‘rgazmalar, festival, ko‘rik-tanlov, ma’ruzalar, madaniyat, san’at, ilm-fanning atoqli arboblari bilan uchrashuvlar, benefis, teatr spektakllari, maxsus tayyorlangan dasturlar, dam olish va ijodiy kechalar, maqsadli teatrlashtirilgan marosim kechalari va boshqa tomosha tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazish;
mamlakatda va xorijda teatr va konsert-tomosha gastrol faoliyatining keng ko‘lamli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
3. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari o‘z ustavlarini bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiq qayta ko‘rib chiqsinlar.
4. Quyidagilar davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar;
mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari;