Samarqand Viloyat qo'g'irchoq teatri Ijodiy uchrashuvlari
Xalqaro teatr kuni munosabati bilan birlashgan tahririyat jamoasi Samarqandda bo‘ldi
Guliston» va «Teatr» jurnallari birlashgan tahririyati jamoalarini dam olish kunlari Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov hamda Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori Botir Tugalov bilan birgalikda kutib olishdi va koʻhna va navqiron Samarqand shahari boʻylab sayohat hamda ekskursiyalar uyushtirildi.
«Guliston» va «Teatr» jurnallari birlashgan tahririyati jamoasi Samarqandga tashrifi davomida Samarqand viloyati qo’g’irchoq teatrida bo‘lib, teatrning jamoasi bilan uchrashuvda ijodiy jamoaning har bir vakili bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, birlashgan tahririyat xodimlari teatr faoliyati hamda uzoq yillardan buyon teatrda faoliyat olib borayotgan ijodkorlarning ijod namunalarini ham ko'zdan kechirishdi.
    Made on
    Tilda