Gastrol va festivallardagi rasm va videolar
“Ali Qushchi” spektakli Qozogʻistonning “Orteka” VII xalqaro qoʻgʻirchoq teatrlari festivalida

Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri rejissyor Farhod Mirzayev tomonidan sahnalashtirilgan “Ali Qushchi” spektakli bilan 21-25-may kunlari Qozogʻistonning Olmata shahridagi “Orteka” VII xalqaro qoʻgʻirchoq teatrlari festivalida ishtirok etmoqda.


Festivalning tantanali ochilish marosimida, madaniy chiqishlar hamda mahorat darslari, yetakchi aktyor va rejissyorlar ishtirokida davra suhbati ham o‘tkazildi.


Shuningdek festivalda Qozogʻiston, Gruziya, Turkiya, Oʻzbekiston va Ozarbayjon qoʻgʻirchoq teatrlarining eng yaxshi spektakllari mehmonlarga, bolalar va kattalar uchun taqdim etiladi.


Festival dasturiga koʻra, ishtirokchilar orasida birinchi boʻlib Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrida sahnalashtirilgan "Ali Qushchi" spektakli namoyish etildi.

Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri maʼmuriyati S.V.Obrazov nomidagi davlat akademik qoʻgʻirchoq teatrida boʻlib oʻtayotgan "ИСТОКИ" festivalida mehmon sifatida ishtirok etmoqda.

Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori F.Abdurayimov hamda teatr bosh rejissyori F.Mirzayevlarning joriy yilning 20 – 25-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasi S.V.Obrazsov nomidagi davlat akademik qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurib “ИСТОКИ” xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar festivalida mehmon teatr sifatida ishtirok etishdi.

Ushbu festival mobaynida Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov va Moʻgʻuliston davlat qo‘g‘irchoq teatri direktori Bayanzul Zagarjav bilan hamda Meksika “Mil Restros” teatri direktori Fernando Gurrola tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish  bo’yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

"SAMARQAND QOʻGʻIRCHOQ TEATRI DUNYO BOʻYLAB" GASTROL SAFARINI DAVOM ETIRMOQDA
Ayni paytda Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi o‘zining “Samarqand qo‘g‘irchoq teatri dunyo bo‘ylab” nomli ijodiy gastrol safari bilan Qozog'iston Respublikasi Chimkent shahriga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi 112-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori hamda 2023-yil 10-fevral kuni Qozog'iston Respublikasi Chimkent shahri qo'g'irchoq va yosh tomoshabinlar teatri bilan ikki davlat teatr san'ati aloqalarini mustahkamlash maqsadida imzolangan memorandum ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur xizmat safari doirasida 25-noyabrdan 29-noyabrgacha Chimkentlik jajji tomoshabinlar uchun tayyorlangan tomosha va spektakllar namoyish etilmoqda.

Qirg'izistonga gastrol safarimiz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 02-fevraldagi 112-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori 2-bob 7-bandining ijrosini ta‘minlash maqsadida Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi o‘zining gastrol safari bilan Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahriga tashrif buyurdi. O‘sh viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomonidan Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi yuqori kayfiyatda kutib olindi hamda teatr jamoasi Qirg‘izistondagi diqqatga sazovor manzillarda bo‘lishdi. Tashrif davomida teatrning ijodiy jamoasi tomonidan Qirg‘izistonlik bolajonlar uchun “MATONATLI YURAK” deb nomlangan qiziqarli spektakl namoyish etildi.
Shuningdek,  ikki davlat madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Nodir Shomurzaev va Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov tomonidan madaniyat jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
SAN’AT – XALQLARNI BIRLASHTIRUVCHI BENAZIR KUCH
Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 02-fevraldagi PQ 112-sonqarori  ijrosini hamda 2023-yil 14-iyul kuni Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahri Resbuplika davlat qo‘g‘irchoq teatri bilan ikki davlat teatr san’ati aloqalarini mustahkamlash maqsadida imzolangan memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida.

2023-yil 15-noyabrdan 19-noyabrgacha Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi o‘zining “Samarqand qo‘g‘irchoq teatri dunyo bo‘ylab” nomli ijodiy gastrol safari bilan Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahri Resbuplika davlat qo‘g‘irchoq teatriga  tashrif buyurdi. Teatr jamoasi Dushanbelik kichkintoy tomoshabinlar uchun o‘zlarining eng sara va qiziqarli asarlaridan biri bo‘lgan “Хвастливый цыплёнок” nomli spektakl va tomoshalar taqdim etishdi.
Shuningdek, Dushanbe shahri Respublika davlat qo‘g‘irchoq teatri direktori Safarzoda Izatullo Amirali hamda teatr Badiiy rahbari Nargis Roziqzodaga Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri nomidan o‘zbek milliy madaniyatini o‘zida aks etiruvchi estalik sovg'alar ham topshirildi.
SAMARQAND VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI GASTROL SAFARI BILAN SHIMKENTDA
Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 02-fevraldagi PQ 112-sonqarori  ijrosini hamda 2023-yil 10-fevral kuni Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahri qo‘g‘irchoq va yosh tomoshabinlar teatri bilan ikki davlat teatr san’ati aloqalarini mustahkamlash maqsadida imzolangan memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida  2023-yil 22-oktyabrdan 28-oktyabrgacha Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi o‘zining “Samarqand qo‘g‘irchoq teatri dunyo bo‘ylab” nomli ijodiy gastrol safari bilan Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahar qo‘g‘irchoq va yosh tomoshabinlar teatriga tashrif buyurishdi. Shuningdek, teatrining ijodiy jamoasi Chimkentlik kichkintoy tomoshabinlar uchun “Matonatli yurak” spektakli hamda bir-biridan qiziqarli o‘yin kulgularga boy shoular  namoyish qilib bolajonlarga olam-olam quvonch ulashishdi.
Made on
Tilda