Har bir fuqaroning qabulidan so‘ng qabul varaqalari rasmiylashtiriladi. Unda qabul qilingan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, istiqomat qiladigan joyi, murojaatning qisqacha mazmuni yozib qo‘yiladi. Qabul varaqasi umumiy bo‘limda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Qabulda ko‘tarilgan muammo hal etish uchun tegishli ijrochilarga yuboriladi va uning nazorati hokimlik apparatining tegishli bo‘linmasi va umumiy bo‘lim rahbarlari tomonidan shaxsan nazorat qilinadi.