Xalqaro aloqalardagi rasm va videolar
SAN’AT – XALQLARNI BIRLASHTIRUVCHI BENAZIR KUCH
Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 02-fevraldagi PQ 112-sonqarori  ijrosini hamda 2023-yil 14-iyul kuni Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahri Resbuplika davlat qo‘g‘irchoq teatri bilan ikki davlat teatr san’ati aloqalarini mustahkamlash maqsadida imzolangan memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida.

2023-yil 15-noyabrdan 19-noyabrgacha Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi o‘zining “Samarqand qo‘g‘irchoq teatri dunyo bo‘ylab” nomli ijodiy gastrol safari bilan Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahri Resbuplika davlat qo‘g‘irchoq teatriga  tashrif buyurdi. Teatr jamoasi Dushanbelik kichkintoy tomoshabinlar uchun o‘zlarining eng sara va qiziqarli asarlaridan biri bo‘lgan “Хвастливый цыплёнок” nomli spektakl va tomoshalar taqdim etishdi.
Shuningdek, Dushanbe shahri Respublika davlat qo‘g‘irchoq teatri direktori Safarzoda Izatullo Amirali hamda teatr Badiiy rahbari Nargis Roziqzodaga Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri nomidan o‘zbek milliy madaniyatini o‘zida aks etiruvchi estalik sovg'alar ham topshirildi.
"SAMARQAND QOʻGʻIRCHOQ TEATRI DUNYO BOʻYLAB" GASTROL SAFARINI DAVOM ETIRMOQDA
Ayni paytda Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi o‘zining “Samarqand qo‘g‘irchoq teatri dunyo bo‘ylab” nomli ijodiy gastrol safari bilan Qozog'iston Respublikasi Chimkent shahriga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi 112-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori hamda 2023-yil 10-fevral kuni Qozog'iston Respublikasi Chimkent shahri qo'g'irchoq va yosh tomoshabinlar teatri bilan ikki davlat teatr san'ati aloqalarini mustahkamlash maqsadida imzolangan memorandum ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur xizmat safari doirasida 25-noyabrdan 29-noyabrgacha Chimkentlik jajji tomoshabinlar uchun tayyorlangan tomosha va spektakllar namoyish etilmoqda.

SAMARQAND QO‘G‘IRCHOQ TEATRI DUNYO BO‘YLAB SAYYOHATDA
 Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrining jamoasi Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahridagi gastrol safari davomida Dushanbe shahrida joylashgan Abulqosim Lohuty nomidagi davlat akademik drama teatrga ham tashrif buyurishdi.
Shuningdek, tashrif davomida teatr jamoasi Abulqosim Lohuty nomidagi davlat akademik drama teatrining faoliyati bilan ham yaqindan tanishib o‘tdih amda Dushanbe shahri bo‘ylab sayohat uyushtirishdi.
Sayyohat davomida Tojikistonning go‘zal go‘shalaridagi ming yillik tarixga ega bo'lgan tarixiy obidalar hamda Tojikistonning madaniyati va kelib chiqishini aks etiladigan qadamjolarga ham tashrif buyurdi.
GO‘ZAL VA NAVQIRON DUSHANBE shahridagi mashhur va diqqatga sazovor joylardan biri oliy darajadagi mehmonlarni qabul qiladigan "Kohi Navruz" majmuasiga ham tashrif buyurdi. "Kohi Navruz" majmuasi o‘zining naqshinkor devorlari va o'zgacha hashamatliligi bilan teatr jamoasining e'tiborini tortdi.
Shimkent drama teatriga gastrol safari
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi o‘zining “Samarqand qo‘g‘irchoq teatri dunyo bo‘ylab” nomli ijodiy gastrol safari bilan Shimketdagi sayyohati davomida O‘zbek drama teatri rahbarining taklifiga binoan Shimket shaharida joylashgan drama teatriga ham tashrif buyurib, teatrning ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Qirg'izistonga gastrol safarimiz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 02-fevraldagi 112-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori 2-bob 7-bandining ijrosini ta‘minlash maqsadida Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi o‘zining gastrol safari bilan Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahriga tashrif buyurdi. O‘sh viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomonidan Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi yuqori kayfiyatda kutib olindi hamda teatr jamoasi Qirg‘izistondagi diqqatga sazovor manzillarda bo‘lishdi. Tashrif davomida teatrning ijodiy jamoasi tomonidan Qirg‘izistonlik bolajonlar uchun “MATONATLI YURAK” deb nomlangan qiziqarli spektakl namoyish etildi.
Shuningdek,  ikki davlat madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Nodir Shomurzaev va Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov tomonidan madaniyat jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
SAMARQAND VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI GASTROL SAFARI BILAN SHIMKENTDA
Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 02-fevraldagi PQ 112-sonqarori  ijrosini hamda 2023-yil 10-fevral kuni Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahri qo‘g‘irchoq va yosh tomoshabinlar teatri bilan ikki davlat teatr san’ati aloqalarini mustahkamlash maqsadida imzolangan memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida  2023-yil 22-oktyabrdan 28-oktyabrgacha Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi o‘zining “Samarqand qo‘g‘irchoq teatri dunyo bo‘ylab” nomli ijodiy gastrol safari bilan Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahar qo‘g‘irchoq va yosh tomoshabinlar teatriga tashrif buyurishdi. Shuningdek, teatrining ijodiy jamoasi Chimkentlik kichkintoy tomoshabinlar uchun “Matonatli yurak” spektakli hamda bir-biridan qiziqarli o‘yin kulgularga boy shoular  namoyish qilib bolajonlarga olam-olam quvonch ulashishdi.
YANGI MEMORANDUM IMZOLANDI. MUSTAHKAM HAMKORLIK IKKALA TOMON MANFAATLARI ASOSIGA QURILADI.

Ayni damda Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri maʼmuriyati mehmon sifatida ishtirok etgan S.V.Obrasov nomidagi davlat akademik qoʻgʻirchoq teatrida boʻlib oʻtayotgan "ИСТОКИ" festivali ham yakunlanmoqda.


Ushbu festival mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov va Meksika "Mil Restros" teatri direktori Fernando Gurrola tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha o‘zaro memorandum imzolandi.


26.09.2024-yil

YANGI MEMORANDUM IMZOLANDI. MUSTAHKAM HAMKORLIK IKKALA TOMON MANFAATLARI ASOSIGA QURILADI.
Ayni damda Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri maʼmuriyati S.V.Obrazov nomidagi davlat akademik qoʻgʻirchoq teatrida boʻlib oʻtayotgan "ИСТОКИ" festivalida mehmon sifatida ishtirok etmoqda.

Ushbu festival mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-iyundagi Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan boʻlib oʻtgan muzokaralari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov va Moʻgʻuliston davlat qo'g'irchoq teatri direktori Bayanzul Zagarjav tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish  bo’yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo'yildi.

26.09.2024-yil

YANGI MEMORANDUM IMZOLANDI. MUSTAHKAM HAMKORLIK IKKALA TOMON MANFAATLARI ASOSIGA QURILADI.
 Bugun ilk bora Novasibirsk viloyati qoʻgʻirchoq teatri jamoasi Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatriga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori hamda "Madaniyat  va san'at sohasini yanada rivojlantirish to'g'risida"gi 2022-yil 02-fevraldagi PQ 112-son qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov hamda Novasibirsk viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori Gorlatyx Yuriy tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish  bo’yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo'yildi.

06.09.2024-yil

YANGI MEMORANDUM IMZOLANDI. MUSTAHKAM HAMKORLIK IKKALA TOMON MANFAATLARI ASOSIGA QURILADI.
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-sonli, 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli hamda "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish to'g'risida"gi 2022-yil 02-fevraldagi PQ 112-son qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov ikki davlat madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun Qirg'iziston Respublikasi O‘sh shahri O‘sh viloyati qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Qirg'iziston Respublikasi O‘sh viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Nodir Shomurzaev va Samarqand viloyati qo’g’irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo’yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo'yildi.

16.05.2024-yil

YANGI MEMORANDUM IMZOLANDI. MUSTAHKAM HAMKORLIK IKKALA TOMON MANFAATLARI ASOSIGA QURILADI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-sonli, 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli hamda "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish to'g'risida"gi 2022-yil 02-fevraldagi PQ 112-son qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov hamda Rossiya Federatsiyasi S.V.Obrazsova nomidagi davlat akademik qo‘g‘irchoq teatri direktori Yelena Bulukova tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha o‘zaro memorandum imzolandi.

Memorandumning asosiy maqsadi tomonlar o‘rtasida turli madaniy aloqalarni yaratish va mustahkamlash, jumladan, teatr san'atida hamkorlik qilish, qo‘shma spektakllar yaratish, ikki teatr o‘rtasida gastrol safarlarini tashkil etish, dramaturglar, rejissyorlar, rassomlar, aktyorlar mahoratini oshirish bo'yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ular uchun zarur shart sharoitlarni yaratishdan iborat.

06.09.2023-yil

YANGI MEMORANDUM IMZOLANDI. MUSTAHKAM HAMKORLIK IKKALA TOMON MANFAATLARI ASOSIGA QURILADI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-sonli, 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli hamda “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 2022-yil 02-fevraldagi PQ 112-son qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida teatri direktori Feruzbek Abdurayimov ikki davlat madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahri Resbuplika davlat qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahri Respublika davlat qo‘g‘irchoq teatri direktori Safarzoda Izatullo Amirali va Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov tomonidan madaniyat, jumladan, qo‘g‘irchoq teatri sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

15.07.2023-yil

YANGI MEMORANDUM IMZOLANDI. MUSTAHKAM HAMKORLIK IKKALA TOMON MANFAATLARI ASOSIGA QURILADI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-sonli, 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli hamda “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 2022-yil 02-fevraldagi PQ 112-son qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori
Feruzbek Abdurayimov ikki davlat madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Ozarbayjon Respublikasi Ganja shahri Ganja davlat qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Ozarbayjon Respublikasi Ganja shahri “Ganja” qo‘g‘irchoq teatri direktori Farmail Pashaev va Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro memorandum imzolandi.

25.06.2023-yil

YANGI MEMORANDUM IMZOLANDI. MUSTAHKAM HAMKORLIK IKKALA TOMON MANFAATLARI ASOSIGA QURILADI.
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatriga Turkiya Respublikasining Samarqanddagi Bosh konsulxonasi bosh konsuli Salih Caner va ilk bora Turkiya Respublikasi Istanbul soya teatrining direktori Cengiz Òzek Samarqandga ijodiy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Istanbul soya teatri direktori Cengiz Òzek va Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov tomonidan ikki davlat madaniy aloqalarni rivojlantirish, teatrlar o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro memorandum imzolandi. 
Jumladan, dramaturglar, rejissyorlar, rassomlar, aktyorlar xizmati va tajribalarini almashish, yuqori saviyali sahna asarlarini hamkorlikda yaratish, shuningdek taniqli ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish, xalqaro festivallarda ishtirok etish, gastrollar tashkil etishda hamkorlikni amalga oshirish memorandumning asosini tashkil etadi.
Shu bilan bir qatorda kelajakda ikki davlat teatrlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib olindi.

24.03.2023-yil

Qozogʻiston Respublikasi Chimkent shahri qo‘g‘irchoq va yosh tomoshabinlar teatri bilan hamkorlik va do‘stlik Memorandumi imzolandi!
Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov ikki davlat madaniy aloqalarini mustahkamlash maqsadida Qozogʻiston Respublikasi Chimkent shahri qo‘g‘irchoq va yosh tomoshabinlar teatriga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ikki davlat teatrlari o‘rtasida madaniy aloqalarni rivojlantirish, teatrlar o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo’yicha o‘zaro memorandum imzolandi. Jumladan,dramaturglar, rejissyorlar, rassomlar, aktyorlar xizmati va tajribalarini almashish, yuqori saviyali sahna asarlarini hamkorlikda yaratish, shuningdek taniqli ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish, xalqaro festivallarda ishtirok etish, gastrollar tashkil etishda hamkorlikni amalga oshirish memorandumning asosini tashkil etadi.

10.02.2023-yil

Made on
Tilda