Samarqand Viloyat qo'g'irchoq teatr huquq va majburiyatlari
Teatr quyidagi huquqlarga ega
aholiga maishiy, ijara va boshqa pulli xizmatlar ko‘rsatish
dolzarb mavzulardagi yangi spektakllar va tomoshalar sahnalashtirish hamda belgilangan tartibda sotish;
belgilangan tartibda aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda sohaning yetakchi mutaxassislaridan iborat Badiiy kengash tuzish;
teatr qoshida havaskor ijodiy jamoalar,studiyalar tashkil etish;
belgilangan tartibda spektakllarni madaniy tadbirlar, teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlari uchun biletlar narxini belgilash;
suvenirlar, bukletlar, tabriknomalar, kalendarlar, reklama mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni bepul tarqatish yoki sotish;
belgilangan tartibdagi faoliyati bo‘yicha reklama ishlarini amalga oshirish
Teatr quyidagi majburiyatlarga ega
milliy va umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy yorqin sahna asarlari va tomoshalar sahnalashtirishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi huzuridagi sohaning yetakchi mutaxassislaridan iborat Badiiy kengash tavsiyasiga asosan yangi sahna asarlari namoyishini tashkil etish;
teatrning rivojlanishi yo‘lida ijodiy ilmiy texnik imkoniyatlardan va mahsulotlardan ustuvor darajada foydalanish;
teatrning muntazam rivojlantirib borish, ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlar rejalari, dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
qonun xujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar.