Xalqaro festivallar
“Ali Qushchi” spektakli Qozogʻistonning “Orteka” VII xalqaro qoʻgʻirchoq teatrlari festivalida

Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri rejissyor Farhod Mirzayev tomonidan sahnalashtirilgan “Ali Qushchi” spektakli bilan 21-25-may kunlari Qozogʻistonning Olmata shahridagi “Orteka” VII xalqaro qoʻgʻirchoq teatrlari festivalida ishtirok etmoqda.


Festivalning tantanali ochilish marosimida, madaniy chiqishlar hamda mahorat darslari, yetakchi aktyor va rejissyorlar ishtirokida davra suhbati ham o‘tkazildi.


Shuningdek festivalda Qozogʻiston, Gruziya, Turkiya, Oʻzbekiston va Ozarbayjon qoʻgʻirchoq teatrlarining eng yaxshi spektakllari mehmonlarga, bolalar va kattalar uchun taqdim etiladi.


Festival dasturiga koʻra, ishtirokchilar orasida birinchi boʻlib Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrida sahnalashtirilgan "Ali Qushchi" spektakli namoyish etildi.

Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri maʼmuriyati S.V.Obrazov nomidagi davlat akademik qoʻgʻirchoq teatrida boʻlib oʻtayotgan "ИСТОКИ" festivalida mehmon sifatida ishtirok etmoqda.

Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori F.Abdurayimov hamda teatr bosh rejissyori F.Mirzayevlarning joriy yilning 20 – 25-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasi S.V.Obrazsov nomidagi davlat akademik qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurib “ИСТОКИ” xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar festivalida mehmon teatr sifatida ishtirok etishdi.

Ushbu festival mobaynida Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov va Moʻgʻuliston davlat qo‘g‘irchoq teatri direktori Bayanzul Zagarjav bilan hamda Meksika “Mil Restros” teatri direktori Fernando Gurrola tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish  bo’yicha memorandum imzolandi va o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Made on
Tilda