Hamkorlarimiz tashrifi
NOVASIBIRSK VILOYATI QOʻGʻIRCHOQ TEATRI JAMOASI GASTROL SAFARI BILAN SAMARQANDDA.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori hamda "Madaniyat  va san'at sohasini yanada rivojlantirish to'g'risida"gi 2022-yil 02-fevraldagi PQ 112-son qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida
2024-yil 6-sentabrdagi ikki davlat teatrlari tomonidan madaniyat, jumladan, teatr sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijodiy hamkorliklarni yoʻlga qoʻyish yuzasidan imzolangan memorandum asosida Novasibirsk viloyati qoʻgʻirchoq teatri jamoasi oʻzining ijodiy gastrol safari bilan Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatriga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmon teatrning ijodiy jamoasi tomonidan Samarqandlik bolajonlar uchun "Лесные приключения" va "Айболит" deb nomlangan qiziqarli spektakllar namoyish etildi.
QIRG'IZISTON RESPUBLIKASI NODIRBEK SHAMURZAYEV NOMIDAGI O‘SH VILOYAT QO‘G‘IRCHOQ TEATRI SAMARQANDDA
Bugun ilk bora Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatriga Qirg'iziston Respublikasi Nodirbek Shamurzayev nomidagi O‘sh viloyat qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi o‘zining gastrol safari bilan tashrif buyurdi.
Qirgʻizistonlik hamkasb mehmonlar Samarqand viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi tomonidan yuqori kayfiyatda kutib olindi.
CHIMKENT SHAHAR QO‘G‘IRCHOQ VA YOSH TOMOSHABINLAR TEATRI SAMARQANDDA
Qozog'iston Respublikasi Chimkent shahar qo‘g‘irchoq va yosh tomoshabinlar teatri o'zining ijodiy gastrol safari bilan Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashrif buyurgan mehmonlar Samarqand viloyati qo’g’irchoq teatrining jamoasi tomonidan yuqori kayfiyatda kutib olindi.

Teatrining ijodiy jamoasi tomonidan Samarqandlik bolajonlar uchun "БУКА" nomli o‘yin kulgularga boy qiziqarli va ajoyib rus tilidagi ertak spektakl namoyish qilindi.

DUSHANBE SHAHRI RESPUBLIKA DAVLAT QO‘G‘IRCHOQ TEATRI SAMARQANDDA
Bugun ilk bora Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatriga Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahri Resbuplika davlat qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi o‘zining gastrol safari bilan tashrif buyurdi.
Shu munosabat bilan tashrif buyurgan mehmonlar Samarqand viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi tomonidan yuqori kayfiyatda kutib olindi.
Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahri Resbuplika davlat qo‘g‘irchoq teatri o'zining ijodiy gastrol safari bilan Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatridagi spektakllar namoyishini boshladi.
Teatrining ijodiy jamoasi tomonidan Samarqandlik bolajonlar uchun "NAVRO‘Z" nomli qiziqarli va ajoyib spektakl namoyish qilinmoqda.

Eron davlati Deemak teatri Samarqandda!
2023-yil 6-noyabr kuni Eron davlati Deemak teatri o‘zining gastrol safari bilan Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Deemak teatrining ijodiy jamoasi tomonidan “Marshmallo” nomli qiziqarli spektakl namoyish qilindi.
 Shuningdek, Deemak teatrining ijodiy jamoasi tomonidan teatr direktori Feruzbek Abdurayimovga teatr muzeyi uchun estalik sovg‘alar berildi, hamda teatrning faoliyati hamda uzoq yillardan buyon teatrda faoliyat olib borayotgan ijodkorlarning ijod namunalarini ham ko'zdan kechirishdi.

Saylan davlat qo‘g‘irchoq teatri o‘zining ijodiy gastrol safari bilan Samarqandda!
Joriy yilning 29-sentyabr kuni Ilk bor Ozarbayjon Respublikasi Saylan davlat qo‘g‘irchoq teatri o‘zining ijodiy gastrol safari bilan Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurdi. Shuningdek Saylan davlat qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi Samarqand shahrining maktabgacha ta’lim muassasasi bolajonlari uchun “Kel o‘ynaymiz”deb nomlangan qiziqarli spektakl tomoshalarini namoyish etib, bolajonlarga olam-olam quvonch ulashishdi.

S.V.Obrazsova nomidagi davlat akademik qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi ilk bora Samarqandda!
2023-yil 11-sentyabr kuni Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi S.V.Obrazsova nomidagi davlat akademik qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi ilk bora Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurdi. Shu munosabat bilan tashrif buyurgan mehmonlar Samarqand viloyati qo’g’irchoq teatrining barcha xodimlari tomonidan yuqori kayfiyatda tantanali ravishda kutib olindi. Tashrif davomida S.V.Obrazsova nomidagi davlat akademik qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi hamda Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrining butun jamoasining har bir vakillari bir-birlari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, S.V.Obrazsova nomidagi davlat akademik qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi teatrning faoliyati hamda uzoq yillardan buyon teatrda faoliyat olib borayotgan ijodkorlarning ijod namunalarini ham ko‘zdan kechirishdi.
Qozogʻiston Respublikasi Chimkent shahar yosh tomoshabinlar va qo‘g‘irchoq teatri o‘zining ijodiy gastrol safari bilan Samarqandda!
2023-yilning 10-aprel kuni Qozogʻiston Respublikasi Chimkent shahar yosh tomoshabinlar va qo‘g‘irchoq teatri 2023-yil 7-fevral kuni imzolangan memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida oʻzining ijodiy gastrol safari bilan Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurdi.
Shu munosabat bilan tashrif buyurgan mehmonlar Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrining barcha xodimlari tomonidan yuqori kayfiyatda tantanali ravishda kutib olindi.
Tashrif doirasida ikki davlat teatr rahbarlari Samat Altaev hamda Feruzbek Abdurayimov ikki davlat madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida teatrga kirishdan avval doʻstlik ramzi qizil tasmalar kesilib, tashrif buyurgan mehmonlar bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Shuningdek, Chimkent shahar yosh tomoshabinlar va qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi tomonidan Samarqandlik bolajonlar uchun bir biridan qiziqarli spektakllar va ajoyib shoular namoyish qilib, ularga olam-olam quvonch lashildi.
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatriga Ozarbayjon Respublikasidagi do‘stlarimiz Irevan davlat Ozarbayjon drama teatri direktori, dramaturg, san’atshunos olim Iftikhar Piriyev tashrif buyurdi. Tashrif davomida, Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrining jamoasi bilan birgalikdaijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi shuningdek teatr direktori Feruzbek Majitovich Iftikhar Piriyevni teatr faoliyati bilan yaqindan tanishtirib o‘tildi.
Istanbul soya teatri direktori Cengiz Òzek Samarqandga tashrif buyurdi
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatriga Turkiya Respublikasining Samarqanddagi Bosh konsulxonasi bosh konsuli Salih Caner va ilk bora Turkiya Respublikasi Istanbul soya teatrining direktori Cengiz Òzek Samarqandga ijodiy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Istanbul soya teatri direktori Cengiz Òzek va Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov tomonidan ikki davlat madaniy aloqalarni rivojlantirish, teatrlar o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro memorandum imzolandi. 
         Jumladan, dramaturglar, rejissyorlar, rassomlar, aktyorlar xizmati va tajribalarini almashish, yuqori saviyali sahna asarlarini hamkorlikda yaratish, shuningdek taniqli ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish, xalqaro festivallarda ishtirok etish, gastrollar tashkil etishda hamkorlikni amalga oshirish memorandumning asosini tashkil etadi.
Shu bilan bir qatorda kelajakda ikki davlat teatrlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib olindi.
Shuningdek, Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Turkiya Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar Istanbul soya teatrining direktori va rejissyori Cengiz Òzek tomonidan sahnalashtirgan “Sehrli daraxt” nomli qiziqarli (fonus xayol yoki soya) spektakl namoyish qilindi.
Samat Altayev tashrifi
  Chimkent shahri qo‘g‘irchoq va yosh tomoshabinlar teatri direktori Samat Altaev bir necha hafta oldin imzolangan memorandum yuzasidan  Samarqandga ijodiy tashrif buyurdi. Tashrif davomida Samarqand viloyati qo’g’irchoq teatri o‘rtasida ijodiy hamkorliklar yuzasidan qo‘chimcha kelishuvlarga erishildi.
Dastlab, teatrning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Shundan so‘ng hamkorlikni mustahkamlash, xususan, bolajonlar uchun yanada qiziqarli yangiliklar qilish va ikki davlat teatr ijodkorlari o‘rtsida kengroq imkoniyatlar yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.
Kelajakda ikki davlat teatrlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib olindi.
Made on
Tilda